MetaTrader 5 · Telegram · bepul

Savdo kundaligingiz o'zi yoziladi

Telefondagi MT5 dan skrinshot tashlang — Sarhisob savdolaringizni o'qiydi va xatolaringiz sizga qanchaga tushayotganini aniq raqamda ko'rsatadi.

Parol so'ramaymizKompyuter shart emasBir necha soniyada
Sarhisob logotipi
Qanday ishlaydi

Uch qadam. Yozish yo'q.

Traderlar kundalik yuritishga erinadi — shuning uchun biz yozish qismini butunlay olib tashladik.

01
📸

Skrinshot tashlang

MT5 → History ekranini rasmga oling va botga yuboring. Savdolarni o'zimiz o'qiymiz, saqlashdan oldin sizga ko'rsatamiz.

📸 8 ta savdo topildi
XAUUSD · Buy 0.12+417.12
NQ100 · Sell 0.7−36.53
02
🏷

Bir bosishda teg

Har savdo ostida tugmalar: reja bo'yicha, FOMO, katta lot, qasos savdo… Izoh yozish shart emas — bitta bosish.

✅ Reja bo'yicha🏃 FOMO🎰 Katta lot🔁 Qasos
03
📊

Xatolar narxini ko'ring

Qaysi xato sizga qancha pul yeyayotgani, qaysi soatda pul ishlashingiz — o'z raqamlaringiz bilan.

💸 Eng qimmat xato🏃 FOMO
14 ta savdo · 14%−939.45
Asosiy savol

Xatolaringiz sizga qanchaga tushyapti?

Har bir trader "FOMO yomon" deb biladi. Lekin bu bilim o'zining raqamlarida ko'rinmaguncha hech narsani o'zgartirmaydi.

  • 💸Xatolar narxi. Xato deb belgilangan savdolar qancha pul yegani — bitta raqamda.
  • ⚖️Xatolarsiz natija. O'sha savdolarni qilmaganingizda hisobingiz qanday bo'lardi.
  • 🏷Har teg bo'yicha. Winrate va natija: "reja bo'yicha" va "FOMO" yonma-yon.
Namuna
Xatolar narxi · 30 kun
−0
Xato deb belgilangan 29 ta savdo shuncha pul yedi.
Hozir
−1 426.77
Xatolarsiz
+89.89
✅ Reja bo'yicha · 55%+318.92
🎰 Katta lot · 20%−604.04
🏃 FOMO · 14%−939.45
Jonli demo

Bosib ko'ring — bu haqiqiy ilova

Telefon ichida Sarhisob mini-ilovasi ishlayapti, namunaviy savdolar bilan. Botda xuddi shu ekranni o'z savdolaringiz bilan ko'rasiz.

  • 1Pastki menyu — Umumiy, Savdolar va Tahlil bo'limlari.
  • 2Savdoni bosing — pastdan oyna chiqadi, teg qo'yib ko'ring.
  • 3Tahlil — soatlar xaritasidagi katakchani bosing.
O'z savdolarim bilan ochish
9:41
Imkoniyatlar

Kundalikdan ko'proq

⏰

Qaysi soatda pul ishlaysiz

24 soatlik rang xaritasi — foydali va zararli soatlaringiz o'z vaqtingizda.

📅

Hafta kunlari

Qaysi kuni kuchlisiz, qaysi kuni savdo qilmagan ma'qul.

🧭

Instrumentlar

XAUUSD da pul ishlab, EURUSD da yo'qotyapsizmi? Hammasi bir jadvalda.

📱

Telefonda — skrinshot

Kompyuter kerak emas. Rasm tashlaysiz, qolganini bot qiladi.

💻

Kompyuterda — avtomatik

MT5 eksperti ulansa, har bir savdo yopilishi bilan o'zi tushadi.

📈

Balans egri chizig'i

Winrate, profit faktor, ketma-ketliklar — 7, 30 kun yoki butun davr uchun.

🔒
Xavfsizlik

Hisobingizga kirmaymiz

Sarhisob savdo qila olmaydi va buning uchun hech qanday ruxsat so'ramaydi.

  • Parol so'ramaymizSkrinshot yoki ekspert yetarli — savdo hisobingiz paroli kerak emas.
  • Faqat o'qishMT5 eksperti faqat yopilgan savdolarni yuboradi, savdo ocha olmaydi.
  • Faqat sizga ko'rinadiHar so'rov Telegram imzosi bilan tekshiriladi — boshqa odam ma'lumotingizni ocholmaydi.
  • Tasdiqsiz saqlanmaydiSkrinshotdan o'qilgan savdolar siz "Saqlash" ni bosgandagina yoziladi.
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Pullikmi?

Yo'q, hozir bepul. Telegramda botni ochib, "Start" ni bosish kifoya.

Kompyuter kerakmi?

Kerak emas. Telefondagi MT5 dan History ekranini rasmga olib botga yuborasiz. Kompyuterda MT5 bo'lsa, ekspertni ulab, savdolarni to'liq avtomatik tushirish ham mumkin.

Qaysi brokerlar bilan ishlaydi?

MetaTrader 5 dagi har qanday hisob bilan — demo yoki real, oddiy broker yoki prop-firma. Sarhisob brokerga ulanmaydi, u sizning ekraningizdagi savdolar tarixini o'qiydi.

Rasmdagi raqamni noto'g'ri o'qisa-chi?

Saqlashdan oldin bot o'qigan hamma savdoni ro'yxat qilib ko'rsatadi — siz tasdiqlaysiz. Tepadagi menyu ostida yarim ko'rinib qolgan qatorlar taxmin qilinmaydi, tashlab ketiladi. Bitta rasmni ikki marta yuborsangiz, savdolar ikki marta yozilmaydi.

Bu savdo maslahatimi?

Yo'q. Sarhisob qachon va nima sotib olishni aytmaydi. U — sizning o'z savdolaringizni ko'rsatadigan ko'zgu: o'z qoidalaringizni qayerda buzayotganingizni ko'rasiz.

Keyingi savdongiz — kundalikda

Botni oching, oxirgi savdolaringiz skrinshotini tashlang va birinchi tahlilni bugun ko'ring.